Toshkent tumanida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
03.08.2026
O‘zbekiston Karlar jamiyati Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy xizmat, bandlik hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ko‘tarilgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Mikromoliya” banki, tuman poliklinikasi hamda ishlab chiqarish korxonalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar yakunida ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.


✍️ O‘zbekiston karlar jamiyati Matbuot xizmati