O'zbekiston Karlar Jamiyati

Zaif koʻruvchilar uchun versiya

Matn oʻlchami
Kontrast
Ovoz chiqarib oʻqish
⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda

Hududiy bo‘limlar

Oʻzbekiston Karlar Jamiyatining faol ko‘ngillilari Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlandi

03.08.2026

2026-yil 28-iyul kuni Oʻzbekiston Karlar Jamiyatining Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan eshitishida nuqsoni bo‘lgan faol ko‘ngillilarni taqdirlash tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida jamiyat hayoti va faoliyatida faol ishtirok etib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar harakatining rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ko‘ngillilarga samimiy minnatdorlik bildirildi. Eng faol ishtirokchilar fidokorona mehnati, tashabbuskorligi hamda jamoatchilik faolligi uchun rag‘batlantirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Karlar Jamiyatiga a’zo bo‘lish tartibi, a’zolikning ahamiyati, a’zolarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, jamiyat a’zolari uchun yaratilgan ijtimoiy, ta’lim va boshqa imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi ko‘ngillilar harakatini yanada mustahkamlash, eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning jamoatchilik faolligini oshirish hamda Oʻzbekiston Karlar Jamiyati faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston karlar jamiyati Matbuot xizmati

← Barcha yangiliklarga

Izoh qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan