O'zbekiston Karlar Jamiyati

Zaif koʻruvchilar uchun versiya

Matn oʻlchami
Kontrast
Ovoz chiqarib oʻqish
⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda

Tadbirlar

O‘zbekiston Karlar jamiyati vakillari Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar

31.08.2026

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Karlar jamiyati vakillari «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Taqdirlanganlar orasida hududiy bo‘limlar raislari, Jamiyat xodimlari, surdo tarjimon, talabalar va faol jamoat a’zolari bor.

Taqdirlanganlar Farg‘ona, Surxondaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari, Toshkent viloyati, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasini vakillaridir.

Mazkur mukofot ularning ko‘p yillik vijdonan mehnati, faol jamoatchilik faoliyati hamda O‘zbekiston Karlar jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasining e’tirofi bo‘ldi.

Taqdirlanganlar ro‘yxati:

1. Yoqubova Nargiza — Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi raisi.
2. Tursunov Mamirjon — Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limining sport ishlari bo‘yicha instruktori.
3. Shamsutddinova Zebo — Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi raisi.
4. Rasulov Hamrakul — Jizzax viloyati hududiy bo‘limi raisi.
5. Boymurodova Mavjuda — Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi raisi.
6. Zoirova Maftuna — Navoiy viloyati hududiy bo‘limi buxgalteri.
7. Najimatdinova Nasiba — Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi surdo tarjimoni.
8. Ibragimov Mirsaid — Nukus pedagogika instituti talabasi.
9. Xojaboyev Azizbek — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.
10. Kalmuratov Ikram — O‘zbekiston Karlar jamiyatining faol a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi.
11. Yevsyutina Natalya — Buxoro viloyati hududiy bo‘limi buxgalteri.
12. Tuyg‘unov Dilshodjon — Samarqand viloyati hududiy bo‘limi raisi.
13. Yoqubova Zulxumor — Toshkent viloyati hududiy bo‘limi raisi.

✍️ O‘zbekiston karlar jamiyati Matbuot xizmati

← Barcha yangiliklarga

Izoh qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan