O‘zbekiston Karlar jamiyati prezidenti davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi
27.08.2026
O‘zbekiston Karlar jamiyati prezidenti Malohat Isoqova O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Mukofot ko‘p yillik halol va fidokorona mehnati, eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlarning hayot sifatini yaxshilash va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan faoliyati uchun topshirildi.
Davlat mukofoti Malohat Isoqovaning ko‘p yillik mehnati, O‘zbekiston Karlar jamiyatini rivojlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish hamda eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar manfaatlarini himoya qilishga qo‘shgan munosib hissining e’tirofi bo‘ldi.
O‘zbekiston karlar jamiyati Matbuot xizmati