O‘zbekiston Karlar jamiyatining XX konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
16.08.2026

14 avgust kuni Karlar va kar-ko‘rlar madaniyat markazida O‘zbekiston Karlar jamiyatining XX konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Toshkent shahri va O‘zbekiston Karlar jamiyatining hududiy bo‘limlaridan 80 nafar delegat, shuningdek, taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida Jamiyatning so‘nggi besh yildagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida Guzal O‘ktamovna Shodiyeva rahbarligida tashkilotni rivojlantirish va eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan ishlar alohida qayd etildi.
O‘tgan davr mobaynida qator muhim tashabbuslar amalga oshirildi. Oliy ta’lim muassasalarida surdotarjimonlarni tayyorlash yo‘nalishi ochildi, nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim olishi va yangi kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun imkon yaratadigan monomarkaz tashkil etildi. Shuningdek, imo-ishora tili o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish hamda maktab-internatlarda tahsil olayotgan kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni takomillashtirishga qaratilgan kurslar tashkil etildi. Bundan tashqari, boshqa qator muhim tashabbuslar ham amalga oshirildi.
XX konferensiyaning asosiy masalalaridan biri O‘zbekiston Karlar jamiyati prezidentini saylash bo‘ldi.
Prezidentlik lavozimiga besh nafar nomzod ilgari surildi: Guzal Shodiyeva, Ma’mur Ahliddinov, Malohat Isoqova, Oleg Oshepkov va Azizbek Qurbonov.
Nomzodlar o‘z saylovoldi dasturlarini taqdim etib, asosiy ustuvor yo‘nalishlarini belgiladilar hamda O‘zbekiston Karlar jamiyatini kelgusi besh yil davomida rivojlantirish bo‘yicha rejalari haqida so‘zlab berdilar.
Nomzodlarning chiqishlaridan so‘ng yashirin ovoz berish o‘tkazildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra:
Malohat Isoqova — 31 ovoz;
Azizbek Qurbonov — 21 ovoz;
Guzal Shodiyeva — 20 ovoz;
Ma’mur Ahliddinov — 6 ovoz;
Oleg Oshepkov — 2 ovoz.
Yashirin ovoz berish yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p — 31 ta ovozni Malohat Isoqova oldi. U O‘zbekiston Karlar jamiyati prezidenti etib besh yil muddatga saylandi.
Malohat Isoqova prezident etib saylangunga qadar O‘zbekiston Karlar jamiyati vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi rahbarning saylanishi XX konferensiyaning muhim qarorlaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Karlar jamiyatining kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlarini belgilab berdi.
O‘tkazilgan joy: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 353A.





O‘zbekiston kar-lar jamiyati matbuot xizmati
Молодцы! поздравляем вас Малохат Таировна
Кто эти люди которые голосовали на Гузаль ? она же ничерта не понимает. мошенница !
Бог есть, убрал эту семейку афферистов Уктамовых, пожалуйста Пресс-служба Общества глухих Узбекистана свяжитесь со мной, я собираюсь писать на неё заявление, нужна ваша помощь