Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 35 yilligi muborak boʻlsin!
18.11.2026
18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun. Ushbu qutlugʻ sanada Oʻzbekiston Karlar Jamiyati Markaziy boshqaruvi nomidan Jamiyat prezidenti Malohat Isoqova hamda yetakchi mutaxassis Magrupdjon Inogamov Jamiyat aʼzolarini va barcha yurtdoshlarimizni davlatchiligimizning asosiy ramzlaridan biri qabul qilinganining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadilar!
Davlat bayrogʻi — xalqimizning mustaqilligi, tinchligi, birligi va gʻururi timsolidir. U yurtimiz uzra doimo baland hilpirab, barchamizni yangi yutuqlar va ezgu ishlarga ilhomlantirsin.
Barchangizga mustahkam sogʻliq, farovonlik, muvaffaqiyatlar va musaffo osmon tilaymiz!
O‘zbekiston karlar jamiyati Matbuot xizmati