O'zbekiston Karlar Jamiyati

Zaif koʻruvchilar uchun versiya

Matn oʻlchami
Kontrast
Ovoz chiqarib oʻqish
⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda ⚠ Sayt test rejimida ishlamoqda — ayrim boʻlimlar hali toʻldirilmoqda

Tadbirlar

Inklyuziv professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha validatsiya seminari o‘tkazildi

29.07.2026

Ixtisoslashtirilgan professional ta’lim muassasalarini inklyuziv ta’lim resurs markazlariga transformatsiya qilish loyihasi doirasida validatsiya seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Karlar jamiyati nomidan vitse-prezident Malohat Isoqova hamda surdotarjimon Gulmira Gulmetova ishtirok etdi. Ular inklyuziv professional ta’limni rivojlantirish masalalari muhokamasida faol qatnashib, ishtirokchilarning savollariga javob berdilar.

Seminar davomida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan diagnostik baholash natijalari taqdim etildi hamda inklyuziv professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Loyiha nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun ochiq va qulay ta’lim muhitini yaratish, ularga sifatli professional ta’lim olish imkonini kengaytirish hamda mehnat bozorida munosib o‘rin egallashini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

O‘zbekiston karlar jamiyati Matbuot xizmati

← Barcha yangiliklarga

Izoh qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan