Buxoro viloyatida jamoat tashkilotlari a’zolari soni monitoring qilindi
30.07.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PQ-230-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Buxoro viloyati bo‘linmasi tomonidan monitoring o‘tkazildi.
Monitoring davomida O‘zbekiston Karlar jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi, O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasining Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi a’zolari soni o‘rganildi.
Mazkur ish hududiy bo‘linmalarning shtat birliklarini qaror talablariga muvofiq shakllantirish hamda davlat subsidiyalarini ajratish tizimini samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida olib borilmoqda.

O‘zbekiston karlar jamiyati Matbuot xizmati