Ўзбекистон Карлар Жамияти

Версия для слабовидящих

Размер текста
Контраст
Читать вслух

Biz haqimizda

O‘zbekiston karlar jamiyati — O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmasi.

Jamiyat 1929-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab 14 ta hududiy bo‘linma orqali o‘z a’zolarini birlashtiradi.

Ustavga ko‘ra, jamiyatning asosiy maqsadi eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni birlashtirish, ularning fuqarolik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini himoya qilish, davlat va jamiyat hayotida teng huquqli ishtirok etishiga ko‘maklashishdan iborat.

Jamiyat vazifalari qatoriga eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, bandlikka ko‘maklashish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qoidalarini milliy amaliyotga joriy etish kiradi.

Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan (2011-yil 21-yanvardagi 451-sonli guvohnoma). Ustavning amaldagi tahriri 2021-yil 23-sentyabrda XIX qurultoy tomonidan tasdiqlangan.